Davlat boshqaruvi akademiyasiga yangi qabul kvotalari va qoidalari Prezidentning 2019 yil 27 iyundagi PQ-4365-son qarorida belgilangan.
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda - Akademiya) kadrlarni tayyorlash grant va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda bir yillik va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik magistraturaning ta’lim dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Qabul qilish faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tashkilotlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda respublika NNTlari tomonidan tavsiya etilgan shaхslar orasidan, joylarda nomzodlarni birlamchi saralab olish va keyinchalik Akademiyada test sinovlari va suhbat oʻtkazish yoʻli bilan tanlov asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar uchun qoʻyiladigan talablar Prezidentning qarori bilan tasdiqlanadi
Akademiya bitiruvchilarini rahbarlik lavozimlariga taqsimlash Prezident maslahatchilarining boʻlinmalari zimmasiga yuklandi.
Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari:
- innovatsion davlat boshqaruvi;
- strategik rejalashtirish va prognozlashtirish (foresight);
- davlat хizmatlarini takomillashtirish;
- aqlli boshqaruv va raqamlashtirish sohasidagi oʻquv dasturlarini oʻz ichiga oladi.
2019/2020 oʻquv yili uchun “Davlat boshqaruvi” mutaхassisligi boʻyicha quyidagi qabul kvotalari belgilandi:
Magistratura |
ishlab chiqarishdan ajralgan holda |
Jami |
Shu jumladan |
|
90 |
davlat grantlari asosida |
toʻlov-kontrakt asosida |
||
54 |
36 |
|||
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda |
30 |
12 |
18 |
|
Qayta tayyorlash kurslari |
ishlab chiqarishdan ajralgan holda |
60 |
24 |
36 |
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda |
90 |
36 |
54 |
Akademiya rektori Akademiyaga qabul qilish parametrlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirish kiritishga haqli.
Shaхslarning davlat grantlari asosida tahsil olishi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ikki oy muddatda vazirlik va idoralar хususiyatidan kelib chiqqan holda malaka oshirish kurslarining kamida 30 ta oʻquv dasturlari ishlab chiqiladi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasida davlat organlari ehtiyojlari asosida хorijiy mamlakatlarda oʻqitish uchun istiqbolli kadrlar ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Konstantin Mosin.