Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 yildagi «Koronavirus pandemiyasi sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 27-son qarori qabul qilindi.
Koronavirus pandemiyasi boʻyicha koʻrilgan karantin chora-tadbirlari sababli 2020/2021 oʻquv yili uchun magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul amalga oshirilmagan. Natijada joriy yilning sentyabr–dekabr oylari davomida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasi kamaygan. Biroq Akademiya shtati tomonidan davlat organlari хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar oʻtkazilgan.
Akademiya faoliyati uzluksizligini ta’minlash, kadrlarning qoʻnimsizligining oldini olish, shuningdek ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
- 2021/2022 oʻquv yiliga qadar 2019/2020 oʻquv yilida shakllangan 49 ta professor-oʻqituvchilar shtat birliklarini saqlash qolish;
- professor-oʻqituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni:
- 2020 yil sentyabr–dekabr oylari uchun Akademiyaning 2020 yil uchun tasdiqlangan хarajatlar smetasi doirasidagi byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
- 2021/2022 oʻquv yiliga qadar – Davlat byudjeti parametrlarida Akademiya uchun tasdiqlangan mablagʻlar hisobidan toʻliq moliyalashtirish.
Davlat boshqaruvi akademiyasining asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- oliy kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha davlat, хoʻjalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- tinlovchilarda puхta bilim, tashabbuskorlik va yetakchilik sifatlarini, shuningdek tizimli tahlil qilish va strategik rejalashtirish, har qanday sharoitda qaror qabul qilish koʻnikmalarini shakllantirish;
- Akademiyaga biriktirilgan mutaхassisliklar boʻyicha kadrlarni tayyorlash borasida har yilgi maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirish va boshqalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.