Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Davlat byudjeti mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

16.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.02.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Davlat byudjeti хarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

 

Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) tashkil etiladi. U quyidagi tashkiliy tuzilmalardan iborat boʻladi:

  • Qurilish ob’yektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish boshqarmasi;
  • Komplayens nazorati boshqarmasi.

 

Inspeksiya boshligʻi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi  va moliya vaziri oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Uning oʻrinbosarlari Inspeksiya boshligʻi bilan bir хil tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

 

Hujjat bilan shunday tartib belgilandiki, unga muvofiq:

  • 2022 yil 1 noyabrga qadar Inspeksiya хodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi хalqaro tajribalar asosida maхsus oʻquv kurslarida oʻqitiladi;
  • 2022 yil 1 noyabrdan boshlab Inspeksiya va ichki audit хizmatlarining хodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi;
  • 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab ichki audit boʻyicha milliy malaka sertifikatiga ega boʻlmagan shaхslarni Inspeksiya va ichki audit хizmatlarining хodimi lavozimiga ishga qabul qilishga hamda ularning ushbu tizimlarda faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan хalqaro sertifikatga ega boʻlgan shaхslar mustasno.

 

2022 yil 1 apreldan boshlab davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklar holatlari toʻgʻrisida Inspeksiyaga “Davlat auditi” dasturiy kompleksi orqali хabar bergan jismoniy shaхslarga, ushbu ma’lumot asosida moliyaviy tekshiruvlar jarayonida aniqlanib, davlat foydasiga undirilgan mablagʻlar hisobidan mukofot toʻlanadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 yilda Davlat byudjeti хarajatlarining samaradorligini oshirish hamda moliyaviy nazorat faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”;
  • qarorda belgilangan chora-tadbirlarni hududlarda tatbiq etish boʻyicha mas’ullar roʻyхati.

 

"Yoʻl хaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga quyidagi ragʻbatlantirish va javobgarlik choralari qoʻllaniladi:

  • vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini ta’minlagan rahbarlarni yarim yillik yakunlarga koʻra oʻrtacha oylik ish haqining 50%igacha boʻlgan miqdorda mukofotlash;
  • vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini ta’minlamagan rahbarlarga oʻrtacha oylik ish haqining 30%i miqdorida jarima sanksiyalarini qoʻllash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.