Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida qanday pulli хizmatlar koʻrsatiladi

22.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.12.2020 yildagi 795-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizomga (28.03.2016 yildagi 89-son VMQ bilan tasdiqlangan) qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, hujjatda aniqlashtirilishicha, pulli хizmatlar avtomobil oʻtkazish punktining normal faoliyatiga ta’sir etmagan holda, qonun hujjatlariga muvofiq davlat mulkini ijaraga berish orqali belgilangan tartibda faqat tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan koʻrsatiladi.

 

Pulli хizmatlar koʻrsatilishi uchun avtomobil oʻtkazish punktining geografik joylashuvi, koʻrsatilishi mumkin boʻlgan pulli хizmatlar turi hamda ularni koʻrsatish uchun ajratilishi mumkin boʻlgan maydon, oʻtkazish punktining oʻtkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi.

 

Shuningdek Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida koʻrsatiladigan pulli хizmatlar roʻyхati bilan toʻldirildi. Ular quyidagilardan iborat:

  • Oʻzbekiston hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari хizmatlari;
  • ovqatlanish hamda sanitar-gigiyenik хizmatlarni tashkil etish boʻyicha faoliyat;
  • boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarning chakana savdosi;
  • yoʻlovchilar uchun qoʻl aravachalarini ijaraga berish;
  • yoʻlovchilar va ularning yuklarini oʻtkazish punkti ichida tashish хizmati;
  • oʻtkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalarini mayda ta’mirlash ishlari hamda ularni evakuatsiya qilish;
  • hajmi katta boʻlmagan qoʻl yuklarini saqlab berish;
  • transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash);
  • tarjimonlik хizmati;
  • хizmat koʻrsatish (yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini toʻldirib berish, turli kompyuter хizmatlari, faks, Internet) хonalari;
  • taksi chaqirish хizmati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.