Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat chegarasi qanday belgilanadi

16.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (10.04.2021 yildagi 204-son VMQ).

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi chegara belgilarining turlari, shakllari, oʻlchamlari va tuzilishi tavsifi;
  • Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va oʻrnatish tartibi.

 

Nizomga muvofiq davlat chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo boʻshligʻida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq boʻylab oʻtuvchi vertikal sathdan iborat.

 

Davlat chegarasi joylarda asosiy, oraliq va maхsus chegara belgilari bilan belgilanadi. Chegara ustuni asosiy chegara belgilari jumlasiga kiradi. Uning quyidagi turlari mavjud:

  • asosiy temir-beton chegara ustuni;
  • asosiy yigʻma temir-beton chegara ustuni;
  • asosiy polimer (kompozit) chegara ustuni.

 

Chegara ustunlari turlarining tavsifi Nizomga ilovada keltirilgan.

 

Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va oʻrnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Davlat chegaralarini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasining chegara belgilari geografik koordinatalari hududning fizik-geografik хususiyatlaridan kelib chiqib aniq belgilanishi lozim.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.