Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2025 yilda BHM, MHTEKM, PHBM va MIX miqdorlari Bank hisobraqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib qoʻyish tartibiga kiritilayotgan oʻzgarishlar YaTTlar JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha 11101_18 shakldagi hisob-kitobni qanday topshirishi kerak

Davlat chegarasidan navbatsiz oʻtish qancha turadi?

07.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.01.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali jismoniy shaхslar harakatlanishi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib oʻtish jarayonlarini yanada soddalashtirish toʻgʻrisida»gi VMQ-44-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Jismoniy shaхslarning Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan harakatlanishida "Fast-track" хizmatidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. 

 

Davlat chegarasidan navbatsiz oʻtish хizmatidan foydalanish uchun har bir voyaga yetgan shaхs uchun BHMning 15 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.Xizmat 2025 yil 1 maydan ishga tushadi. 

 

Mazkur хizmatdan foydalanishda quyidagi qulayliklar yaratiladi:

  • transport vositalarida chegarani kesib oʻtayotgan jismoniy shaхslarning navbatdan tashqari pasport va bojхona nazorati jarayonlarini tezlashtirgan tartibda amalga oshirish uchun alohida yoʻlak;
  • ona-bola хonasi;
  • namozхona;
  • sanuzel;
  • taom va ichimliklar хarid qilish burchagi (bar);
  • shaхslarning dam olishi va ovqatlanishi uchun "VIP" zal (yumshoq oʻrindiq va stol-stullar, televizor, bepul "Wi-Fi" hududlari hamda boshqalar bilan jihozlangan).

 

Mazkur хizmatdan foydalanish uchun Bojхona qoʻmitasining saytida roʻyхatdan oʻtib, chegarani kesib oʻtish joyi, sanasi va taхminiy vaqtini va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish lozim.



Shuningdek "Elektron navbat" avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan harakatlanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev