Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Davlat granti asosidagi qabul kvotalari tasdiqlandi

19.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “2023/2024 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻrisida”gi Farmoyishi qabul qilindi (15.06.2023 yildagi F-31-son).

 

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti boʻyicha tasdiqlanadi.

 

Hujjat bilan 2023/2024 oʻquv yili uchun quyidagi qabul kvotalari tasdiqlandi:

  • bakalavrlar tayyorlash boʻyicha kunduzgi ta’lim shakliga - 34 860 nafar;
  • magistrlar tayyorlash boʻyicha - 8 923 nafar.

 

Tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023 yil 20 iyunga qadar tasdiqlaydi.

 

Shu bilan birga, hujjatga asosan, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:

  • Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasi mavjud oliy ma’lumotga ega boʻlmagan хotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qoʻshimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi;
  • respublikada faoliyat yuritayotgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun 1 000 ta davlat granti ajratiladi;
  • davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan хotin-qizlarning toʻlov-kontrakt miqdori Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.