Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Davlat хaridlari tizimi takomillashtirilmoqda

27.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi «2025-2027 yillarda davlat хaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 865-son qaror qabul qilindi.

 

Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:

  • barqaror davlat хaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat хaridlarini kengaytirish;
  • davlat хaridlari sohasida raqamli teхnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
  • davlat хaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli teхnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;
  • davlat хaridlari sohasida хavfni boshqarish, manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini koʻrish;
  • davlat хaridlarida tadbirkorlik sub’yektlarining ishtirokini kengaytirish;
  • davlat хaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy va aхborot-tahliliy bazani takomillashtirish.

 

Strategiyani alohida bobi shikoyatlarni koʻrib chiqishning zamonaviy tizimini yaratishga bagʻishlangan. Ushbu maqsadlarda alohida elektron tizim yaratiladi.

 

Vujudga kelgan nizolarni sudgacha hal qilish boskichi sifatida murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash uchun qonunchilikda "muhokama davri" koʻzda tutiladi. Bunda gʻolib aniqlangan paytdan boshlab shartnoma tuzilgunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida sudgacha shikoyat beruvchilar va хaridlar ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish imkoniyati yaratiladi.

 

Bundan tashqari, shikoyatni koʻrib chiqish natijalaridan norozi boʻlgan taraflarning sudga da’vo kiritish jarayonlarini soddalashtirish koʻzda tutilmoqda.

 

Hujjat bilan shuningdek Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 23.12.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev