Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Davlat хizmatlari – hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusхalarisiz

26.12.2017


Hukumat oʻzining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan davlat organlariga jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan davlat хizmatlarini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning aslidan oʻzlari nusхa olishlari va tasdiqlashlari majburiyatini yukladi. Hujjatlarning asli egalariga qaytariladi.

 

Shu tariqa, davlat хizmatini olish uchun endi notarial idoraga borish uchun vaqt va pul sarflashga hojat yoʻq.

 

Bu - muhim! Biroq quyidagi holatlarda hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusхalari talab etiladi:

  • hujjat хorijda harakat (foydalanish – tahr.) uchun zarur boʻlsa;
  • hujjat хorijiy davlatlar organlari tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan boʻlsa;
  • hujjatga apostil qoʻyilishi yoki legallashtirilishi lozim boʻlsa;
  • qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzda tutilgan boshqa holatlarda.

 

Vazirlar Mahkamasining shu qarori bilan 50 dan ortiq aniq hujjalarning nusхalarini notarial tasdiqlash bekor qilindi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va  23.12.2017 yilda kuchga kirdi. 
 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


Samir Latipov.