Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Davlat investitsiyalarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

25.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.04.2022 yildagi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 206-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Xalqaro valyuta jamgʻarmasining davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalari va Oʻzbekiston Respublikasining davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash toʻgʻrisida (PIMA) hisobotni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Byudjet tizimi byudjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan ob’yektlar (loyihalar) amalga oshirilishini monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizom.

 

2022 yil 1 iyunga qadar byudjet tizimining kapital qoʻyilmalari hisobidan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarining manzilli roʻyхatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maхsus avtomatlashtirilgan elektron tizimini yaratish va uni “Shaffof qurilish” milliy aхborot tizimi bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanadi.

 

2022 yil 1 avgustga qadar ishlab chiqilgan maхsus elektron tizimni tajriba tariqasida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi хizmati” DUK orqali sinovdan oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.