Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara haqining eng kam stavkalari belgilandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Davlat koʻchmas mulki ijarasining 2017 yil uchun eng kam stavkalari tasdiqlandi
Davlat koʻchmas mulki ijarasining 2017 yil uchun eng kam stavkalari tasdiqlandi
05.01.2017

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016 yil 16 dekabrdagi 378/01-14-son хatida Toshkent shahri, shuningdek, respublika boʻyicha eng kam ijara stavkalari keltiriladi.
Ushbu stavkalar an’anaviy ravishda ijaraga olinayotgan mol-mulkdan foydalanish maqsadlariga bogʻliq holda belgilanadi.
Masalan, Toshkent shahri uchun eng past stavka bir kv.metr joy uchun 1 500 soʻmni (kitob doʻkonlari), eng yuqori stavka esa 231 100 soʻmni (bankomatlar) tashkil etadi.
Xatning toʻliq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun: Koʻrsatilgan sohadagi munosabatlar Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan) bilan tartibga solinadi. Mazkur Nizomning 10-bandiga asosan eng kam stavkalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi taqdim etgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalari hisob-kitobi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi