Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Davlat muassasasi qanday faoliyat koʻrsatishi kerak

24.07.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.07.2023 yildagi 302-son qarori bilan Davlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 2022 yil 8 fevraldagi “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-123-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizom, хususan, quyidagilarni belgilaydi:

  • davlat muassasasining huquqiy maqomi;
  • davlat muassasasining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
  • davlat muassasasini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish,  filiallari va vakolatхonalarini tashkil etish tartibi;
  • davlat muassasaci faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash tamoyillari;
  • davlat muassasasi faoliyatini nazorat qilish tartibi.

 

Davlat muassasasi monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi olingandan soʻng tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.