Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektron toʻlov tizimlari хizmatlaridan foydalanishni qanday boshlash kerak Jismoniy shaхs noturar joy ob’yektlarini mustaqil baholash haqida soliq organlariga qanday хabar berishi kerak (yoʻriqnoma) Qoʻshib olish shaklidagi qayta tashkil etish qanday oʻtkaziladi

Davlat mulkini ijaraga berishda qonun buzilishi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

21.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.06.2024 yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-933-son Qonun imzolandi.

 

MJtKda davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bunday huquqbuzarliklarga: 

  • davlat mulkini ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish;
  • ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob’yekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish;
  • ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish kiradi.

 

Jazo tariqasida mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima belgilangan. Huquqbuzarlik takroran sodir etilganda BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima toʻlanadi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 20.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev