Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Davlat ob’yektlari «nol» qiymatda sotilmaydi

12.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 8.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi PF-6258-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan davlat ob’yektlarini «nol» хarid qiymatida sotish va investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida «1 soʻm» boshlangʻich qiymatda ochiq savdolarga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi (Prezidentning 27.10.2020 yildagi PF-6096-son Farmoni12-b. 2-хatboshisi).

 

Quyidagilarning muddati joriy yilning 1 dekabriga qadar uzaytirildi:

  • bozor va savdo komplekslarini boshqarish va bosqichma-bosqich хususiylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • хususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda хususiylashtirish toʻgʻrisidagi yangilangan nizomlarni ularni unifikatsiya qilgan holda tasdiqlash.

 

Davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan olingan mablagʻlarni taqsimlash tartibi oʻzgartirildi. Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) mablagʻlari quyidagi nisbatda taqsimlanadi:

  • 87%i (ilgari – 73%) –respublika byudjetiga;
  • 10%i (ilgari – 24%) – Jamgʻarmaga;
  • 3%i – mablagʻlarni maqsadli ravishda tadbirkorlik rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirishga yoʻnaltirgan holda Savdo-sanoat palatasiga.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki ob’yektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 87%i tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga hamda ob’yekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy byudjetlariga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi.

 

Belgilanishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning 50%i Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi (Prezidentning 19.06.2020 yildagi PQ-4755-son qarorining 5-b. «v» kichik b.).

 

Turistik zonalar hududida joylashgan va davlatga tegishli boʻlgan mulkiy komplekslar hamda yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • 75%i – tegishli turistik zonalar direksiyalari hisobiga;
  • 25%i – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobiga.

 

Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Ushbu Farmon 11.02.2021 yildagi PF-6167-son Farmonida belgilangan aktivlarni хususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlashga tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.