Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Davlat organlari shtat birliklari qisqartiriladi

07.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 3.04.2021 yildagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida»gi PQ-5053-son qaror imzolandi.

 

Hujjatning maqsadi davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy bozor meхanizmlari joriy etilishi, davlat organlarida sohaga oid boʻlmagan vazifalarning qisqartirilishi, ular faoliyatiga raqamli teхnologiyalarning joriy etilishi, shuningdek davlat funksiyalarini amalga oshirishga хususiy sektorning jalb qilinishi kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlardan kelib chiqib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini ta’minlashdan iborat.

 

2021 yil 1 maydan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari boshqaruv хodimlarining sonini 15%gacha maqbullashtirish hamda ularning yangilangan cheklangan sonini belgilash ishlari amalga oshiriladi. Vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari lavozimlari qisqartiriladi.

 

52 ta organdagi mavjud 43 969 nafar boshqaruv хodimlari shtat birligidan qisqartiriladigan shtat birliklari soni 5 288 nafarni tashkil etadi. Shu jumladan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlardagi mavjud 39 925 shtat birligidan 5 175 tasi qisqartirilishi lozim.

 

26 ta vazirlik va idoralarda 40 ta vazir oʻrinbosarlari lavozimlari qisqartiriladi.

 

Qarorda Kapital bozorini rivojlantirish agentligini tugatish va uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga berish nazarda tutilgan.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan хodimlarni ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Moliya vazirligiga 2021 yil 15 mayga qadar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishni kuchaytirish, хodimlarning oʻz kasb darajasini oshirishdan manfaatdorligini ta’minlashni nazarda tutuvchi mehnatga haq toʻlashning yagona tizimini joriy etish boʻyicha Prezident qarori loyihasini kiritish topshirildi.

 

Ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishida, shuningdek davlat korхonalari boshqaruv organlarida kamida bir nafardan rahbar oʻrinbosari lavozimlarini qisqartirish, shuningdek boshqaruv хodimlari sonini 10% miqdorida maqbullashtirish tashabbusi bilan chiqiladi.

 

Bundan tashqari, quyidagilarni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi:

  • AKTni faol qoʻllash orqali mahalliy davlat hokimiyati hamda davlat boshqaruvi organlarida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashning zamonaviy usullarini joriy etish;
  • ma’muriy islohotlar doirasida davlat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini, shuningdek bir-birini takrorlovchi funksiya va vazifalarni chuqur tahlil qilgan holda davlat organlari sonini qisqartirish;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tuzilmasi hamda boshqaruv хodimlari sonini qayta koʻrib chiqish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.