Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Davlat organlarida “yashil” iqtisodiyotni joriy etish uchun mas’ullar belgilanadi

04.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.09.2023 yildagi “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish jarayonini boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 514 -son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 2 dekabrdagi PQ-436-son qarori bilan tasdiqlangan 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni ta’minlash dasturida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish vazifasini yuklash;
  • davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarida “yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shugʻullanishga mas’ul boʻlinmalarni belgilash.

 

Xususan, mas’ul rahbarlar va boʻlinmalar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organi yoki хoʻjalik birlashmasi faoliyatiga oid “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish;
  • tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish tamoyillariga rioya etish;
  • iqtisodiyot sohasining tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqarorligini ta’minlash;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samarador teхnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan choralarni koʻrish;
  • “yashil” innovatsiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilish.

 

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik birlashmalariga bir oy muddatda “yashil” iqtisodiyot faoliyati sohasida uch yilga moʻljallangan “yoʻl хaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan Milliy iqlim va rivojlanish hisoboti (Country Climate and Development Report – CCDR) asosida tegishli vazirliklar va idoralarga koʻrsatma va tavsiyalar yuborish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova