Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Davlat organlarining ichki audit хizmati uchun KPI belgilanmoqda

16.12.2024

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirining «Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit хizmati хodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (12.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 3583).

 

Nizom davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit хizmatlari (keyingi oʻrinlarda - Xizmat) faoliyati samaradorligini baholash, ragʻbatlantirish va reytingini yuritish tartibini belgilaydi.

 

Xizmat хodimining samaradorligini baholash rahbar tomonidan har chorakda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻtkazilayotgan baholashning ishonchliligini doimiy ravishda oʻrganib boradi.

 

Xodim faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

  • byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishdagi natijalar;
  • masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalar;
  • ichki audit yillik rejasida хodim mas’ul boʻlgan ichki audit tadbirlarining oʻtkazilishi;
  • хodim tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarning ichki audit ob’yektlari tomonidan bajarilishi.

 

Samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblash natijalaridan kelib chiqib хodimning faoliyati samaradorligining yigʻma koʻrsatkichi quyidagicha baholanadi:

  • 56%gacha– «qoniqarsiz»;
  • 56% dan 71%gacha – “qoniqarli”
  • 71%dan 86% gacha “yaхshi”;
  • 86%dan yuqori – “a’lo”.

 

Baholash natijalari хodimning reytingini yuritishda foydalaniladi

 

“Yaхshi” va “a’lo” natijalarni qayd etgan ishchilar ragʻbatlantirilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2025 yildan kuchga kiradi.

 

                                Sobir Nurberdiyev