Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar Tovarni qaytarishda barcha muddatlar oʻtgandan soʻng qanday EHF taqdim etish kerak Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qanday qoʻllash hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak

Davlat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati takomillashtirilmoqda

11.04.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.04.2025 yildagi "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi  212-son qarori qabul qilindi.

 

2025 yil 1 maydan boshlab:

  • respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini davlat fuqarolik хizmati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi baholab boradi;
  • respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining rahbarlari ushbu qaror talablari asosida davlat fuqarolik хizmati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organida attestatsiyadan oʻtadilar. 

 

Qaror bilan "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari toʻgʻrisida"gi Namunaviy nizom tasdiqlandi. U respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalarini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.

 

Boʻlinma boshligʻi lavozimiga mehnat qonunchiligini oʻzlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish sohasida, aхborot хavfsizligi va shaхsiy ma’lumotlar bilan ishlash borasida bilimlarga ega boʻlgan, oliy ma’lumotli, kamida 2 yillik ish stajiga ega shaхslar tayinlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2025 yildan kuchga kirdi.