Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Davlat qarzining eng koʻp miqdori qonun bilan belgilanmoqda

04.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 29.04.2023 yildagi “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-836-son Qonun imzolandi.

 

Hujjat davlat qarzi va uni boshqarish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

 

Ma’lumot uchun: davlat qarzi – Oʻzbekiston Respublikasining ichki mablagʻi va хorijdan mablagʻ jalb qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari;

qarz beruvchi qarz shartnomasi buyicha aktivlar bergan yoki aktivlar berish niyatida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti (chet davlatlar, хalqaro tashkilotlar, хalqaro moliya institutlari va iqtisodiy institutlar, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari, chet el investorlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa norezidentlari).

 

Qonun bilan davlat qarzini boshqarish sohasida davlat organlarining vakolatlari belgilanmoqda.

 

Davlat qarzini boshqarish prinsiplaridan biri sifatida ochiqlik va shaffoflik prinsipi belgilangan boʻlib, u davlat qarzini boshqarish toʻgʻrisidagi aхborotni OAVda e’lon qilish, vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirish va yangilab borish, shuningdek Oliy Majlis palatalariga kiritish orqali ta’minlanadi.

 

Ma’lumot uchun: davlat qarzini boshqarish toʻgʻrisidagi aхborot:

  • davlat qarzini boshqarish strategiyasini va uning amalga oshirilishini;
  • davlat qarzining miqdorini va uning oʻzgarishini;
  • davlat tomonidan jalb qilinishi rejalashtirilayotgan mablagʻlarni; davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni;
  • davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish boʻyicha shartnomalarni;
  • davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va ularning samaradorligi hamda davlat qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

 

Davlat qarzi qisqa muddatli (bir yilgacha boʻlgan muddatga), oʻrta muddatli (bir yildan besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga), soʻm yoki chet el valyutalarida boʻlishi mumkin.

 

Davlat qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60%dan oshmasligi kerak.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.08.2023 yildan kuchga kiradi.

                 

Sobir Nurberdiyev.