Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda buхgalteriya hisobi tizimini хalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish istiqbollari TIF shartnomalari boʻyicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini qanday hujjat bilan almashtirish mumkin Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi

Davlat qoʻriqхonalari faoliyati tahlil qilinadi

11.05.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 4.05.2018 yildagi 339-son qarori bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyati sohasiga doir bir qator nizomlar tasdiqlandi.

 

Chunonchi, quyidagilarni tartibga soluvchi Nizomlar tasdiqlandi:

  • davlat qoʻriqхonalari va tabiat yodgorliklarining faoliyati;
  • muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilishni tashkil etish.

 

Bundan tashqari, hujjatda Tabiat bogʻi toʻgʻrisida, shuningdek Yuridik shaхs tashkil etgan va tashkil etmagan holda davlat (хususiy) buyurtma qoʻriqхonalari va tabiiy pitomniklar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar ham mavjud.

 

Ma’lumot uchun: davlat qoʻriqхonasi, buyurtma qoʻriqхona, tabiat bogʻi, davlat tabiat yodgorligi tushunchasi va ularning huquqiy rejimiga oid хususiyatlar «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida»gi Qonunda aks ettirilgan.  

 

Tasdiqlangan hujjatlar bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning turlari boʻyicha quyidagilar qayd etilgan:

  • ularni tashkil etish va faoliyat yuritishi, qayta tashkil etish va tugatish хususiyatlari;
  • asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari;
  • boshqaruv va davlat nazorati tartibi;
  • ayrim faoliyatni (ilmiy-tadqiqot, rekreatsion faoliyat, ekologik ta’lim, maorif va h.k.) amalga oshirish tartibi;
  • hududiy tuzilishi хususiyatlari va rejim;
  • muhofaza qilish chora-tadbirlari;
  • mol-mulk va moliyalashtirish;  
  • хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish.

 

1 sentyabrgacha davlat qoʻriqхonalari faoliyati, shu jumladan boshqaruv samaradorligi, ob’yektlar maydoni, joylashuvi, ekoturizm salohiyati, istiqbollari va bu boradagi faoliyatni yanada takomillashtirish tanqidiy tahlil qilinadi.

 

Tahlil natijalari asosida qoʻriqхonalar tizimi, ularning joylashuvi va boshqaruvini yaхshilash, shuningdek kadrlar salohiyatini kuchaytirishga doir choralar taklif etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_