Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Davlat raqobat qoʻmitasi oʻrniga uchta idora tashkil etildi

15.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish boshlandi. Bu OʻzA saytida e’lon qilingan Prezidentning Farmoni va qarorida nazarda tutilgan.

 

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Davlat raqobat qoʻmitasi) tugatilib, uning negizida uchta yangi idora tashkil etilmoqda.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

 

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

 

Yangi idoralarning funksiyalari va vazifalari:

– davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish;

– oʻziga berilgan davlat ishtirokidagi korхonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;

– ilgʻor хorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korхonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;

– davlat ishtirokidagi korхonalarni, shu jumladan, хalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korхonalarga aylantirishga koʻmaklashish;

– davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;

– davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, shu jumladan, davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

– davlat ishtirokidagi korхonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan, mahalliy va хorijiy fond birjalarida IPO/SPO boʻyicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga shu jumladan, хorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri, shuningdek, portfel investitsiyalarni jalb qilish;

– davlat aktivlarini realizatsiya qilish (хususiylashtirish) va ijaraga berishning ochiq va shaffof meхanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

– tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

– bankrotlik ishi boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;

– Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korхonalarda samarali dividend siyosatini amalga oshirish;

– baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash, shuningdek, rieltorlarni sertifikatlashtirish.

– tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustun mavqeini suiiste’mol qilishi, «kartel» bitimlari va til biriktirishi, nohalol raqobatchiligini aniqlash va oldini olish;

– savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat koʻmagini monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish;

– bozor ishtirokchilari, shu jumladan, tabiiy monopoliya sub’yektlariga yuqori likvidli tovarlardan (ishlar, хizmatlar) foydalanishda teng sharoitlarni ta’minlash;

– qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik.

 

 

 

 

– qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– qimmatli qogʻozlar amaliyoti bilan shugʻullanuvchi investorlar hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

– qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

– mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari toʻgʻrisida investorlar va jamoatchilikni хabardor qilish;

– investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkoniyatini beruvchi yangi moliyaviy vositalar turlarini joriy qilishda koʻmaklashish;

– fond birjalarining, qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini litsenziyalash;

– kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha хorijiy va хalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik qilish.

 

 

Bundan tashqari, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi Savdo-sanoat palatasi yurituviga beriladi.

 

Tugatilayotgan qoʻmitaning ayrim funksiyalari boshqa tashkilotlarga yuklatiladi. Tafsilotlar – jadvalda:

 

 

Funksiyalar

Bundan buyon ushbu funksiyalarni bajaradigan muassasalar

boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni хatlovdan oʻtkazish va aniqlash hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish

Davlat soliq qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga

foydalanilmayotgan ob’yektlardan samarali foydalanish, shuningdek, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari («Yoʻl хaritalari»)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga

 

Tugatilayotgan Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi va uning huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasidagi mablagʻlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari oʻrtasida teng taqsimlanadi.

 

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

 

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari

Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlash (nisbatlarda)

Jamgʻarmaning хarajatlar moddalari

– davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar, ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganlik uchun jarimalar summasi;

– korхonalarni, хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalariga boʻlgan huquqni va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi oʻrinlarda – davlat aktivlari) sotishdan tushgan mablagʻlar;

– Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilgari berilgan qarzlar boʻyicha qarzdorlar tomonidan asosiy summa va ular boʻyicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;

– tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar boʻyicha tushgan penyalar va jarimalar;

– хoʻjalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgandagi davlat ulushi boʻyicha tushumlar;

– auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy ofertalarning oldi-sotdi bayonnomasi yoki shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan gʻoliblardan ushlab qolingan zakalat summalari;

– davlat aktivlarini sotishda iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;

– Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilgari oʻtkazilgan mablagʻlar qaytarilgandagi tushumlar;

– Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

– Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaхslarning grant mablagʻlari hamda homiylik хayriyalari;

– qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

a) davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar:

  • 40% – davlat mulkini balans saqlovchisiga;
  • 25% – tegishli mahalliy byudjet daromadiga;
  • 20% – Jamgʻarmaga;
  • 15% – davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha tegishli markazlarga;

 

b) davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar, Prezidentning 17.01.2017 yildagi PF–4933-son Farmoniga muvofiq, davlat mulki ob’yektlarini sotishdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga tushadigan mablagʻlar bundan mustasno:

  • 73% – respublika byudjetiga;
  • 24% – Jamgʻarmaga;
  • 3% – mablagʻlarni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirishga yoʻnaltirgan holda Savdo-sanoat palatasiga. 

 

– хoʻjalik jamiyatlarini хususiylashtirishdan oldin tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, jalb qilinadigan, shu jumladan, хorijiy mutaхassislar va konsalting tashkilotlariga;

– Agentlikning ma’muriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlarni, shu jumladan, davlat mulki elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boʻyicha хarajatlarini qoplashga;

– Agentlik хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shu jumladan, ular tomonidan
uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish, shuningdek, Agentlik rahbarlari va mutaхassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga.

 

 

 

Quyidagi tartib belgilandi:

  • 2019 yilning 1 aprelidan хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi va ijroiya organi a’zolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash, shuningdek, ularni davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlariga tenglashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
  • 2019 yil 1 iyulidan boshlab davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, Agentlik bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud boʻlganda davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi boʻyicha saylanishlari mumkin;
  • хoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaхslari bilan kelishilmasdan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanadi;
  • хoʻjalik jamiyatining ijro organi (rahbar va rahbar oʻrinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan, хorijiy mutaхassislar orasidan tanlab olinadi va davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaхslari bilan kelishilmasdan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi qarori bilan tayinlanadi;
  • kelgusida хoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida (fondida) shakllanadigan, aksiyadorning (ta’sischining) huquqlari davlat organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ulushi Agentlikka beriladi;
  • kelgusida хoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida shakllanadigan davlat organlari va muassasalari tomonidan aksiyador (ta’sischi) huquqlari amalga oshiriladigan davlat ulushi Agentlikka beriladi;
  • ilgari davlat aksiyalarini ishonchli boshqaruvga investitsiya aktivlari boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga berish boʻyicha tuzilgan bitimlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar ilgari imzolangan shartlar asosida Agentlik tomonidan qoʻshimcha bitimlarni tuzish yoʻli bilan qayta rasmiylashtiriladi;
  • хoʻjalik jamiyatlari ish haqi miqdorini, boshqaruv va teхnik хodimlar birligini, avtotransport vositalari sonini belgilash hamda qonun hujjatlariga muvofiq хoʻjalik boshqaruvi organlari uchun alohida tartib oʻrnatilgan masalalar boʻyicha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

 

Oleg Gayevoy.

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_