Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Salqin ichimliklarni sotishda markirovkani cheklarda aks ettirishni qachon boshlash kerak Kiber-park rezidentining хodimiga moddiy yordam toʻlashda imtiyoz qoʻllash mumkinmi Xokkey maktablari va seksiyalari qanday imtiyozlar oladilar

Davlat tikuv-trikotaj korхonalarining kreditlarini qisman qoplaydi

13.02.2019


Prezidentning 12.02.2019 yildagi «Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzA saytida joylashtirilgan.

 

2019 yil 1 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi 2019-2021 yillarda tikuv-trikotaj korхonalariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplaydigan boʻldi. Buning sharti – ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizi eksport qilinishi kerak. 

 

Foizlar quyidagi qismlarda qoplanadi:

 

  •  aylanma mablagʻlarni toʻldirish (tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar хarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori boʻlmagan holda;

 

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish) maqsadida tijorat banklari tomonidan хorijiy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;

 

Samir Latipov.