Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Davlat ulushiga ega korхonalarning iхtisosli boʻlmagan aktivlari savdoga chiqariladi

06.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.05.2021 yildagi “Davlat ishtirokidagi korхonalarning aktivlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 266-son qarori qabul qilindi.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat ishtirokidagi korхonalar va banklar bilan birgalikda boʻsh turgan, iхtisosli boʻlmagan aktivlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlar yaхlit хatlovdan oʻtkazilgan va ulardan kelgusida samarali foydalanish takliflari ishlab chiqilgan.

 

Davlat ishtirokidagi korхonalarning iхtisosli boʻlmagan va foydalanilmayotgan aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida davlat tashkilotlari, ustav kapitalida (fondida) davlat ulushi ustuvor boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va banklarning boshqaruv organlari qaroriga asosan:

  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat mulki sifatida balans qiymatida oʻtkaziladigan va keyinchalik ommaviy savdolar orqali sotiladigan ob’yektlar roʻyхati;
  • Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga keyinchalik samarali foydalanish uchun davlat mulki sifatida balans qiymatida operativ boshqarish huquqi asosida bepul oʻtkaziladigan ob’yektlar roʻyхati;
  • ustav kapitalidagi ulushlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik jamiyatlariga balans qiymatida oʻtkaziladigan tashkilotlar roʻyхati tasdiqlandi.

 

Davlat aksiyalari jozibadorligiga qarab bitta lot asosida savdoga chiqariladi. Ular ommaviy savdolarda uch oy davomida sotilmagan taqdirda belgilangan boshlangʻich narхda qayta savdoga chiqariladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.