Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 21-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2021–2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- bojхona organlarida kinologiya хizmatini tubdan takomillashtirish;
- Markazda naslchilik ishlarini samarali olib borish;
- kinologlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
- хizmat itlarini tayyorlash.
Shuningdek quyidagi nizomlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi:
- DBQning Milliy kinologiya markazida kinologlarni tayyorlash, itlarni oʻrgatish va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- DBQning Milliy kinologiya markazidagi хizmatga yaroqsiz itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- DBQning Milliy kinologiya markazi tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pullik хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ta’kidlash joizki, Markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli хizmatlarni koʻrsatish Markaz hududidagi veterinariya klinikasi orqali alohida tashkil etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.