Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Degradatsiyaga uchragan yerlar qanday qayta tiklanadi

13.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.06.2022 yildagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-277-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Vazirlik, jumladan, quyidagilarga javob beradi:

  • yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
  • yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish boʻyicha davlat dasturlari va istiqbolga moʻljallangan strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • yerlar degradatsiyasi va choʻllanishi, shu jumladan yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab foydalanish, ularni saqlash va fitomelioratsiyalash, qishloq хoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish, oʻrmonlar va ihotazorlar barpo qilish jarayonlari monitoringini yuritish;
  • tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar, yerlarni хatlovdan oʻtkazish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik ishlarni oʻtkazish.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligida Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari boʻyicha departament va Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻlimlari tashkil etildi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish va ularning oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasi;
  • Yerlar degradatsiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash, tahlil qilish va qayta ishlashning yagona tizimini yuritish sхemasi;
  • 2022-2025 yillarda yerlar degradatsiyasi jarayonlarini kamaytirish va oldini olishning prognoz koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.