Prezidentning 27.01.2021 yildagi «Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4964-son qarori qabul qilindi.
Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 200 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi. Mablagʻlar tijorat banklari orqali Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlashga jalb qilinadigan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari hisobidan beriladi. Ushbu mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
- «Tomorqa хizmati» MChJlar, fermer va dehqon хoʻjaliklari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;
- tomorqa yer egalarini moliyaviy ta’minlash.
Mazkur mablagʻlarning 100 mlrd soʻmi joriy yilning birinchi choragida, qolgan qismi haqiqiy talabdan kelib chiqib, keyingi choraklarda moliyalashtirib beriladi. Kamida 50 mlrd soʻmi «Turonbank» ATB orqali limonchilik yoʻnalishidagi loyihalar uchun ajratiladi.
Shuningdek Jamgʻarmaning 413 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlari tijorat banklari orqali kredit mablagʻlari ajratishga yoʻnaltiriladi. Jamgʻarmaga «Mikrokreditbank» ATB, «Agrobank» ATB hamda AT «Xalq banki» bilan birgalikda Jamgʻarma tomonidan avval ajratilgan kredit mablagʻlarining soʻndirilgan qismi hisobidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablagʻlari ajratilishini ta’minlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.