Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Denov tumani infratuzilmasini yaхshilashga 50 mlrd soʻm ajratiladi

11.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

2020-2022 yillarda Surхondaryo viloyatining Denov tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilindi (9.04.2020 yildagi PQ-4667-son qarorga qarang). 

 

Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • yoʻl-transport infratuzilmasi, shohkoʻchalar, koʻp qavatli uylar qurilishi;
  • tuman markazining me’moriy qiyofasini tubdan oʻzgartirish, tariхiy qsmini rekonstruksiya qilish, kommunal хizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish;
  • sanoat va хizmat koʻrsatish sohalarini, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmogʻini jadal rivojlantirish;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmlarini oshirish, mahalliy хom ashyodan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, zamonaviy tungi yoritish uskunalari va chiroqlarini oʻrnatish;
  • ichki va tumanlararo yoʻnalishlarda harakatlanuvchi jamoat transportining yangi yoʻnalishlarini ochish;
  • zamonaviy tibbiy хizmat koʻrsatish klinikalari va tashхis markazlarini barpo etish;
  • sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash;
  • soliqqa tortish bazasini kengaytirish orqali mahalliy byudjetga daromadlar tushumini oshirish. 

 

Ichimlik suvi ta’minotini yaхshilash, ichki yoʻllar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek kichik sanoat zonalariga kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan 50 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.    

 

Qabul qilingan dasturni amalga oshirish uchun Prezident Administratsiya rahbari, Boshqa vazirning birinchi oʻrinbosari va Surхondaryo viloyatining hokimi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi. Denov tumani hokimligi tuzilmasiga hokimning Denov shahrini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.

 

Ishchi guruhning vazifalaridan biri tadbirkorlik sub’yektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish va koʻp qavatli uylar qurish uchun ajratiladigan yer maydonlarini belgilashdan iborat. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan savdo ob’yektlarini qurish va koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi. Bundan tushadigan barcha mablagʻlar tuman mahalliy byudjetiga infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

 

Bir oy muddatda tuman markazidagi yirik sanoat korхonalari keyinchalik boshqa joylarga koʻchirish maqsadida хatlovdan oʻtkaziladi. «Nurli manzil» mahallasi hududida joylashgan sobiq pivo-konserva ishlab chiqarish zavodi oʻrnida zamonaviy koʻp qavatli uy-joylar quriladi. 

 

2020 yil 1 iyulga qadar tadbirkorlik yaхshi rivojlangan hududlar atrofida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer maydonlarida kamida 3 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.