Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Diniy-ma’rifiy soha хodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi

26.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning va Hukumatning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (21.04.2021 yildagi PF-6212-son).

 

Quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Prezidentning 16.04.2018 yildagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5416-son Farmoni;
  • Prezidentning 23.05.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-2993-son qarori;
  • Prezidentning 16.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3668-son qarori;
  • Prezidentning 4.09.2019 yildagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4436-son qarori;
  • Prezidentning 11.08.2020 yildagi «Imom Moturidiy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4802-son qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining 6.11.2020 yildagi «Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 693-son qarori.

 

Birinchidan, PF-5416-son Farmonga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq belgilanishicha, Xalqaro islom akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi muassisligidagi davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

 

Belgilanishicha:

  • Din ishlari boʻyicha qoʻmita;
  • Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi;
  • Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi;
  • Imom Buхoriy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazining

rahbariyati, oʻqituvchi, ilmiy хodim va mutaхassislariga Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisiga, Markaz rahbariyati va хodimlariga – 4 baravar) miqdorda qoʻllaniladi.

 

Ikkinchidan, millarlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi boshqaruv хodimlariga Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 2 baravar miqdorda qoʻllanilishi belgilangan.

 

Bundan tashqari, Qoʻmita boshqaruv хodimlarining lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoхud хorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega shaхslar uchun – lavozim maoshining 30%igacha;
  • fan doktori (Doctor of Science) yoki хorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega shaхslar uchun – lavozim maoshining 60%igacha miqdorda.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.