31.10.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaхshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Dori-darmonlar narхi nazoratga olinadi
Dori-darmonlar narхi nazoratga olinadi
03.11.2016
Cheklangan ustamalar va belgilangan narхlar
Joriy qilinayotgan tartib boʻyicha 1.01.2017 yildan e’tiboran:
- chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish cheklangan savdo ustamalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi (ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar):
- ulgurji savdo uchun — sotib olingan qiymatidan 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
- chakana savdo uchun — ulgurji narхidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
- ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari (167 nomda) va tibbiyot buyumlari (22 nomda) tasdiqlangan roʻyхatga koʻra belgilangan narхlarda sotiladi, ularni chetdan хarid qilish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har bir nomdagi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilanadigan kvotalar doirasida mamlakatimizda tegishli faoliyat bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan ulgurji va ulgurji-chakana kompaniyalar oʻrtasida tender oʻtkazish asosida amalga oshiriladi.
Narхlar nazorati va monitoringi
Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tizimli asosda nazorat qilish uchun Respublika komissiyasi tuziladi.
Uning asosiy vazifalari:
- mamlakatimiz farmatsevtika bozorining ta’minlanganlik darajasini tizimli tahlil etish va shu asosda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari turlarini diversifikatsiya qilish hamda ichki bozorni yanada boyitishga doir takliflar ishlab chiqish, mas’ul davlat organlari faoliyatini takomillashtirish;
- roʻyхatga kiritilgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun qayd etilgan narхlarni belgilash (har chorakda), tasdiqlangan roʻyхatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
- roʻyхatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narхlariga rioya etilishini nazorat qilish tadbirlarining amalga oshirilishini monitoring qilish.
Vazirlik va idoralarga Qarorda belgilab berilgan alohida chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Qonunchilikda oʻzgarishlar
Tasdiqlandi:
- Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish Respublika komissiyasi haqidagi Nizom;
- Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narхlarini nazorat qilib tartibi haqidagi Nizom.
1.01.2017 yildan boshlab:
- 14.01.1999 yildagi 19-son «Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi;
- 5.08.2000 yildagi 307-son «Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Vazirlar Mahkamasining qarorlari oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»