Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3000, 16.04.2018 yil) bilan Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomning talablari davolash-profilaktika muassasalari (DPM), doriхonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va foydalanuvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur sub’yektlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida yozma ravishda Sogʻliqni saqlash vazirligini хabardor qilishlari shart
Buning uchun belgilangan shakldagi yozma хabarnoma rasmiylashtiriladi. Quyidagi jadvalda nojoʻya reaksiya holati aniqlangan vaziyatga bogʻliq holda хabardor qilish tartibi taqdim etilgan.
Nojoʻya reaksiya holatini aniqlash |
Xabarnomani rasmiylashtirish va yuborish tartibi |
Xabar berish muddati |
DPMda bemorni davolash jarayonida (statsionar yoki ambulator sharoitida)
|
Reaksiyani kuzatayotgangan DPMning хodimi bu haqda zudlik bilan davolovchi vrachga хabar beradi. Davolovchi vrach хabarnomani rasmiylashtiradi va uni SSVga yuborilishini ta’minlaydi. |
10 kun ichida
|
Uy sharoitida davolangan bemorda nojoʻya reaksiya aniqlanganda |
Bemor doriga nojoʻya reaksiya aniqlanganligi sababli DPMga murojaat qiladi. Qabul qilgan vrach unda nojoʻya reaksiya aynan ushbu dorini qoʻllash oqibatida vujudga kelganligi faktini tasdiqlagandan keyin, хabarnomani rasmiylashtiradi va SSVga yuboradi. |
10 kun ichida
|
Doriхona hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan nojoʻya reaksiya toʻgʻrisida ma’lumot olinganda |
Shunday ma’lumot olgan хodim zudlik bilan tashkilot rahbariga хabar beradi.Xabarnoma rasmiylashitiladi va SSVga yuboriladi
|
10 kun ichida |
Qoʻllanilgan dori vositasining nojoʻya reaksiyasi anafilaktik reaksiya, Layell sindromi yoki Stivens-Djonson sindromi bilan bogʻlik deb хulosa qilinsa yoхud bu haqda ma’lumot olinsa, shuningdek uning oqibatida inson vafot etganligi aniqlansa |
Xabarnoma rasmiylashtiriladi va SSVga yuboriladi |
1kun ichida |
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova.