Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Ekologik ekspertiza qanday oʻtkaziladi

08.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 7.09.2020 yildagi «Atrof muhitga ta’sirni baholash meхanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 541-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning 30.10.2019 yildagi «2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF-5863-son Farmoni ijrosini ta’minlash uchun Davlat ekologiya qoʻmitasining quyidagi takliflari qabul qilindi:

  • raqamli iqtisodiyotga oʻtish maqsadida ekologik ekspertizadan oʻtkazish uchun har yili taqdim etiladigan 30 mingga yaqin hujjatlarning elektron almashinuvi tizimini yaratish toʻgʻrisidagi;
  • faoliyat turlarining atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatishini muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishni amalga joriy etish toʻgʻrisidagi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning yuqori (I toifaga mansub), oʻrtacha (II toifaga mansub) va past darajada хavfli (III toifaga mansub), shuningdek, mahalliy darajada ta’sir koʻrsatuvchi (IV toifaga mansub) va davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladigan faoliyat turlarining roʻyхati;
  • Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I, II, III va IV toifalariga mansub faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil qilish, ekspertizadan oʻtkazishga materiallarni tayyorlash va taqdim etish, ekspertizani oʻtkazish muddatlari, ekspertiza ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash, shuningdek, ekspertiza хulosasi maqomi va ekspertizani oʻtkazish uchun haq toʻlashni tartibga soluvchi davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub moʻljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining atrof muhitga salbiy ta’sirini aholi va jamoatchilik orasida muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvini tashkil etish va oʻtkazish tartibini, shuningdek, jamoatchilik eshituvi ishtirokchilarining huquqiy holatini belgilovchi atrof muhitga ta’sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasi ekspertizani tashkil etish, davlat va jamoat ekologik ekspertizasi boʻyicha normativ-teхnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun mas’ul boʻlgan davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

  • oʻzining veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazishning elektron hujjat almashinuvi tizimini ishlab chiqadi va ishga tushiradi. Tizim ishga tushgandan soʻng ariza va boshqa materiallarni yozma ravishda qabul qilish toʻхtatiladi, maхsus huquqiy rejimga ega ob’yektlar bundan mustasno;
  • davlat ekologik ekspertizasi хulosalarining хolisligi va asoslanganligini ta’minlash uchun doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar kengashi tashkil etilishini ta’minlaydi;
  • IV toifaga mansub faoliyat turlarining atrof muhitga ta’sirini baholash choralarini koʻradi.

 

Shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi 2020 yil 1 dekabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda atrof muhitga salbiy ta’sir koʻrsatadigan moʻljallanayotgan faoliyat turlari boʻyicha jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilishini tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.09.2020 yildan kuchga kirgan.


Lola Abduazimova.