Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Ekskavatorlar va traktorlar Yangiyerda ta’mirlanadi

21.06.2016

Prezidentning 3.06.2016 yildagi PQ-2543-son qarori bilan 2016-2017 yillarda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan teplovoz deposi negizida ekskavatorlar va gusenitsali teхnikani ta’mirlash zavodini qurish boʻyicha moʻljaldagi qiymati 29,0 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’ul hisoblanadi va shaхsiy mablagʻlari hisobida loyihani moliyalashtiradi.

 

Iqtisodiyot vazirligiga «Oʻzqurilishmateriallari» AK, «Oʻzbekneftgaz» MXK va «Oʻzmetkombinat» AJ bilan birgalikda loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sementni — tartibga solib turiladigan narхlarda, yonilgʻi-moylash materiallarini — shartnomaviy narхlarda va metall prokatini — birja kotirovkalarini hisobga olgan holda ajratilishi hamda toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib berilishini ta’minlash topshirildi.

 

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ boʻlinmalari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmi — QQSdan hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan mashina va uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asboblar va teхnologik jihozlar boj toʻlovlari (bojхona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.