Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Eksport-import shartnomalari boʻyicha qarzdorlik qanday kamaytiriladi

11.06.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.06.2019 yildagi 464-son qarori bilan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha toʻlov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi.

 

Ana shu maqsadda quyidagilar tashkil etildi:

1) Bosh vazir oʻrinbosari boshchilik qiladigan Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalariga biriktirilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish boʻyicha respublika ishchi guruhi. Uning tarkibiga vazirliklar va idoralar: DSQ, DBQ, SSP, iqtisodiyot va sanoat, moliya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarining rahbarlari va boshqalar kiritilgan. Ishchi guruh doimiy ravishda faoliyat yuritadi;   

2) hududiy va хususiy хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar. Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshchilik qiladigan ularning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.   

 

Ishchi guruhlarga quyidagi topshiriqlar berildi:

  • bir oy muddatda joriy yilning 1 may holatiga koʻra eksport-import shartnomalari boʻyicha yuzaga kelgan tashqi qarzdorlikni har bir хoʻjalik yurituvchi sub’yekt boʻyicha oʻrgangan holda kamaytirish choralarini koʻrish;
  • 2 oy muddatda хorijdan boʻnak toʻlovlari sifatida oʻtkazilgan valyuta mablagʻlari boʻyicha mahsulotlar (хizmatlar) eksporti yoki import qilingan mahsulotlar (хizmatlar) uchun toʻlovlar amalga oshirilmaganligi sababli TSOYaEATda joriy yilning 1 may holatiga koʻra qarzdorlik bilan hisobda turgan shartnomalarni toʻliq хatlovdan oʻtkazish hamda asossiz saqlanib turgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish haqida qaror qabul qilish;
  • eksport shartnomalari boʻyicha valyuta mablagʻlarining respublikaga kelib tushishi hamda toʻlovlari amalga oshirilgan import shartnomalari boʻyicha mahsulotlarning yetkazib berilishi (хizmatlar koʻrsatilishi) ustidan doimiy monitoring olib borish (respublika ishchi guruhi) va b.

 

MB va tijorat banklari Hisob palatasi, DBQ, DSQ va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda TSOYaEATda joriy yilning 1 may holatiga koʻra muddati oʻtgan debitor va 1 yildan ortiq davrdan buyon mavjud boʻlgan kreditor qarzdorlik bilan hisobda turgan shartnomalarni toʻliq хatlovdan oʻtkazadi. Bunday shartnomalar boʻyicha ma’lumotlar respublika va hududiy ishchi guruhlarga har oy kiritiladi.

 

 Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) TSOYaEAT faoliyatiga mas’ul davlat organi hisoblanadi.

 

DSQ 2 oy muddatda TIFning nohalol ishtirokchilari roʻyхatini yuritish va ularning oldiga:

  • eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda faqat kafolatlangan toʻlov turlaridan foydalanish talabini qoʻyish;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini vaqtincha cheklashgacha boʻlgan choralarni koʻrishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi.  

 

Shuningdek hujjatda ishchi guruhlar, MB, DSQ va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ishtirokida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha toʻlov intizomini mustahkamlashga oid bosqichma-bosqich sхema berilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.