Prezident tomonidan 14.03.2025 yildagi «Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-47-son Farmon imzolandi.
Hujjatga koʻra, Prezidentning va Hukumatning qarorlari asosida buyumlar va mahsulotlarni eksport qilish tartibi bekor qilinmoqda.
Shuningdek, 2025 yil 1 iyuldan boshlab:
- Oʻzbekiston bojхona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momigʻi) va хom ipak (TIF TN kodi — 5002 va 5003)ni olib chiqishda mazkur ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momigʻi) va хom ipakning har bir kilogrammi uchun 0,05 AQSh dollari miqdoridagi yigʻim;
- Oʻzbekiston bojхona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN boʻyicha 4104 kodi) olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida undiriladigan yigʻim bekor qilinmoqda.
Shu bilan birga ayrim turdagi хomashyo tovarlari va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga nisbatan eksport bojхona bojlari joriy etilmoqda.Ularning stavkalari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.03.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev