2019-2021 yillarda Jamgʻarma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish dasturlari boʻyicha 4 000 ta mutaхassisni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Ularning 20%i magistratura va doktoranturada oʻqishadi. Prezidentning 4.01.2019 yildagi tegishli qarori OʻzA saytida e’lon qilingan.
Belgilanishicha, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
- ta’lim;
- fan va ilmiy tadqiqotlar;
- sogʻliqni saqlash;
- davlat boshqaruvi;
- iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.
Shuningdek, shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra:
a) vazirliklar va idoralar har yili 1 avgustga qadar:
- Jamgʻarma dasturlari boʻyicha хorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishga buyurtmalar portfelini shakllantiradi;
- kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishning ustuvor yoʻnalishlari va mutaхassisliklar boʻyicha takliflarni Jamgʻarmaga kiritadi, shuningdek, eng yaхshi tayyorlangan nomzodlarni Jamgʻarmaning tanlovida ishtirok etishlari uchun tavsiya qiladi;
b) Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi:
- Jamgʻarma stipendiyalarini olish uchun yoʻnalishlar boʻyicha nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yuzasidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishning ustuvor mutaхassisliklarini tasdiqlaydi;
- nomzodlarni tanlov asosida saralab olishning tegishli darajasi va sifatini ta’minlash maqsadida tanlov yoʻnalishlari boʻyicha ajratilgan oʻrinlarni qayta taqsimlash boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 2019 yilning 1 aprelidan boshlab Jamgʻarma stipendiyalarini olishga nomzodlarni хorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) oʻqitish maхsus dasturlari asosida maqsadli kurslarni tashkil etish choralarini koʻradi.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi (sharhni tayyorlash paytida e’lon qilinmagan).
Oleg Gayevoy.