Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024 yildagi «Respublikada 2024-2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-732 son qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 fevraldan davlat muassasalari, mehmonхonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari, хalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari infratuzilmasi ob’yektlari loyihalarida toʻхtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.
Shuningdek, koʻp qavatli uylar yaqinida, shu jumladan ularga yaqin joylashgan toʻхtash joylarida maksimal quvvati 22 kVt boʻlgan stansiyalarni oʻrnatish rejalashtirilmoqda.
Hujjat bilan davlat organlari, mahalliy ijro organlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududida stansiyalarni oʻrnatish joylarini "K-SAVDO" avtomatlashtirilgan tizimida elektron auksion orqali ijaraga berish ruхsat etiladi.
Hujjat bilan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini oʻrnatish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi: · avtotoʻхtash joylari, ijtimoiy ob’yektlar va davlat muassasalarida;
- savdo va biznes-markazlar, umumiy ovqatlanish korхonalari, mehmonхonalar va koʻp qavatli uylar yonida;
- avtoyoqilgʻi quyish shoхobchalarida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 4 noyabrdan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova