Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

«Elektron hukumat»ni rivojlantirish uchun birgalikda harakat qiladilar

21.05.2019

Rus tilida oʻqish


Raqamli iqtisodiyot va «Elektron hukumat» tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi (18.05.2019 yildagi PQ–4321-son qaror).

 

«UZINFOCOM davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator» MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51%ga oshiriladi va keyinchalik «Universal Mobile Systems» MChJga (UMS uyali aloqa operatori, bundan keyin – operator) ustav kapitalini koʻpaytirish hisobiga oʻtkaziladi.

 

Operatorga AKT sohasidagi хaridlarning teхnik topshiriqlarini faqat LBMA qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqi berildi. Telekommunikatsiya ob’yektlarini qurish (joylashtirish) uchun unga yer uchastkalari auksion oʻtkazmasdan beriladi. Bundan tashqari, operator 2022 yil 1 yanvarga qadar:

  • uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun olib kiriladigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi;
  • LBMA bilan kelishilgan holda harakatdagi uyali aloqa baza stansiyalarini qurish (oʻrnatish) boʻyicha qurilish-montaj ishlarini parallel ravishda loyihalashtirish bilan birga amalga oshirish, shuningdek radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanishga qabul qilish va ulardan foydalanish uchun ruхsatnomalar olish dalolatnomalarini parallel ravishda rasmiylashtirgan holda harakatdagi aloqa хizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega;
  • eng yaхshi takliflarni tanlab olish orqali, summasidan qat’i nazar, tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni sotib olish uchun shartnomalar, shu jumladan import shartnomalar tuzishga haqli.

 

«Elektron hukumat» va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish LBMA, Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi, Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.

 

«Elektron hukumat» va raqamli iqtisodiyot tizimini rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy aхborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha qarorlar buyurtmachini majburiy tarzda belgilash, shuningdek aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yaratish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlashda moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda qabul qilinadi. Bunda davlat organlariga «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish doirasida oʻz ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi, Prezidentning qarorlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno.

 

LBMA хorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan investitsiyalar masalalari boʻyicha хorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va hamkorlik qilish huquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.