Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

“Elektron shahodatnoma” aхborot tizimi joriy etilmoqda

02.02.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.01.2023 yildagi “Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi 44-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomanining davlat namunasi, shuningdek elektron shahodatnomani shakllantirish va berish tartibi tasdiqlanmoqda. Endilikda har yili:

  • 1 dekabrga qadar maktab ma’muriyati bitiruvchilar haqida ma’lumotni elektron dasturga kiritishadi (ma’lumotlar 25 mayga qadar yangilanishi va oʻzgartirilishi mumkin);
  • 30 mayga qadar tuman ta’lim boʻlimi kiritilgan ma’lumotlarni tekshirib, tasdiqlaydi;
  • 15 iyunga qadar maktab pedagogik kengashi bitiruvchilarga shahodatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
  • Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi elektron shahodatnomalar uchun seriya va tartib raqamini ajratadi;
  • 20 iyunga qadar maktab ma’muriyati yakuniy baholarni elektron tizimga kiritadi, shundan soʻng “Elektron shahodatnoma” tizimida QR-kod tasviri tushirilgan va bitiruvchi tomonidan yuklab olinishi mumkin boʻlgan shahodatnoma shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.02.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.