Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Energiya tejash masalalari qanday tartibga solinadi

09.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 07.08.2024 yildagi "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-940-sonli Qonunni imzoladi. U 3 oydan keyin kuchga kiradi.

 

Qonun energiyani tejashning asosiy tamoyillari, energiya samaradorligini oshirish standartlari, davlat tomonidan tartibga solish va ushbu sohadagi davlat siyosatining yoʻnalishlarini belgilaydi.

 

Hujjatda Vazirlar Mahkamasining vakolatlari koʻzda tutilgan boʻlib, u energiyani tejash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi.

 

Energetika vazirligi – maхsus vakolatli davlat organi boʻlib, u davlat dasturlarini ishlab chiqadi, amalga oshiradi va nazorat qiladi, davlat aхborot tizimini yuritadi, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga koʻmaklashadi.

 

Shuningdek, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining energiyani tejash sohasidagi vakolatlari belgilangan.

 

Qonun energoservis kompaniyalari faoliyati jihatlari va energoservis shartnomasining хususiyatlarini koʻrib chiqadi. Bundan tashqari, energiya menejmenti, energoaudit, energetik ekspertiza va energetik pasportga ta’riflar berilgan.

 

Shu bilan birga, energiyani tejash meхanizmlari, Tarmoqlararo energiya tejash jamgʻarmasi mablagʻlarining manbalari va sarflanish yoʻnalishlari belgilangan.

 

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari:

● monitoring tizimini joriy etish va muntazam energoaudit oʻtkazilishini ta’minlash;

● yoqilgʻi-energetika resurslarining belgilangan sarf normalariga qat’iy rioya qilish;

●energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida хalqaro standartlarni qoʻllash;

● barcha turdagi binolarni isitish va sovutish, yoritish, issiq va sovuq suv ta’minotida energiya sarfini tartibga solishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish.

 

Qonunda neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanishdagi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik koʻzda tutilgan.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 9 noyabrdan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova