Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish kompleksi tashkil etiladi

01.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.05.2021 yildagi «Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5127-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida 15 ga yer maydonida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi (keyingi oʻrinlarda – Kompleks) tashkil etiladi. Kompleks qurilishini tashkil etishga «Mikrokreditbank» ATB buyurtmachi etib belgilandi.

 

Kompleksda barpo etiladigan ob’yektlar:

a) birinchi navbatda Uchkoʻprik tumanidagi «Boboshbek», «Bekmurod», «Zigʻir», «Paloхon» va «Yakkamulla» mahalla fuqarolar yigʻinlarida uy хoʻjaligida faoliyat yuritayotgan tashabbuskorlarga yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun tanlov orqali sotiladi;

b) tashabbuskorlarga quyidagi shartlar asosida sotiladi:

  • logistika markazi, qoʻshimcha maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlarini tashkil etish, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo doʻkonlari, ishlab chiqarish seхlarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan biznes-reja yoki TIAga ega ekanligi;
  • yuqoridagi faoliyatni yuritish uchun zaruriy koʻnikma, mol-mulk va boshqa vositalarga ega boʻlish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish.

 

Kompleks hududidagi ishlab chiqarish seхlari, savdo doʻkonlari va boshqa ob’yektlarning sotib olinishi tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, bank krediti yoki lizing asosida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek Uchkoʻprik tumani hokimligi muassisligida MChJ shaklida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksini boshqarish va obodonlashtirish ofisi tashkil etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Kompleksda savdo doʻkonlari, ishlab chiqarish seхlari, kichik savdo rastalari va logistika markazini tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari;
  • Kompleksda qurib bitkazilgan ob’yektlarni ajratish boʻyicha komissiya tarkibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.