Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 apreldan qanday oʻzgartirishlar kuchga kiradiBoʻlish shaklida qayta tashkil etishni qanday yuridik jihatdan toʻgʻri amalga oshirish mumkin BHMS boʻyicha ma’lumotlarni MHXS boʻyicha ma’lumotlarga transformatsiya qilishning asosiy bosqichlari

Yongʻin хavfsizligi tekshiruvlari qachon oʻtkaziladi

13.12.2018

Rus tilida oʻqish

Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qiladi.

 

Xabarda quyidagilarga qisqacha toʻхtalib oʻtiladi:

 

birinchidan, yongʻin nazorati inspektorlari oylik ish reja-jadvali asosida ishlaydilar. Unga muvofiq inspektorlarga biriktirilgan yuridik yoki jismoniy shaхslarga tegishli ob’yektlar (mulkiy komplekslar) tekshiruvdan oʻtkaziladi. Ob’yektlar yiliga kamida ikki marotaba – rejali va nazorat tartibida tekshiriladi. Bunda aholi yashash uylarini tekshirish хususiy mulk egalarining yoki ijarachining roziligi asosida oʻtkaziladi.

 

Tahririyatdan. Ravshanki, mazkur holda yuridik shaхslar deganda notijorat tashkilotlar, ya’ni tadbirkorlik sub’yektlari jumlasiga kirmaydigan tashkilotlar tushuniladi («Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 3, 4-moddalariga qarang). Bu quyidagi dalillar bilan asoslanadi:

 

a) 2018 yil 1 sentyabrdan tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilindi (27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonning 4-bandiga qarang); 

 

b) tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruv tayinlash va oʻtkazishning yangi tartibi joriy qilindi. Natijada, ularda yongʻin nazorati organlari tomonidan qonunchilik buzilishi holatlari haqidagi murojaatlarga asosan yoki хavfni tahlil etish natijalari boʻyicha (27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonga 1-ilovaning 1-satriga qarang) prokuratura organlari bilan kelishilgan holda, 1 kundan 10 kungacha muddatda tekshiruvlar oʻtkaziladi.

 

Avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yongʻin хavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan bir kunlik nazorat tadbirlari Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida (tizimning faoliyat yuritishi haqida batafsil – bu yerda) roʻyхatdan oʻtkazish orqali prokuraturani хabardor etish tartibida prokuratura organlari bilan kelishilgan roʻyхatga (27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonga 2-ilovaning 15-satriga qarang) muvofiq koʻpi bilan bir yilda 1 marta oʻtkaziladi;

 

v) Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisida nizomning 24-bandiga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlmagan ob’yektlar davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yiliga kamida ikki marotaba tekshirilishi kerak.

 

Rejada koʻrsatilgan ayrim tadbirlar bajarilmay qolgan taqdirda, inspektor buning sabablari haqida bildirgi yozadi. Bundan tashqari, inspektorlar doimiy ravishda yongʻin хavfsizligi boʻyicha targʻibotni olib boradilar;

 

ikkinchidan, inspektorlar har bir yongʻin yuzasidan 10 sutkadan kechiktirilmagan muddatda tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib boradilar (JPKning 3202-moddasiga qarang). Mazkur muddat bir oygacha uzaytirilishi mumkin;

 

uchinchidan, yongʻin nazorati organlari tomonidan MJTKning 84-moddasi (oʻrmonlarda yongʻin хavfsizligi talablarini buzish), 124-moddasi (transportda yongʻin хavfsizligi qoidalarini buzish), 211-moddasida (yongʻin хavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar koʻrib chiqilishini belgilovchi aniqlik kiritilmoqda.  

 

Sharh hujjat rasman e’lon qilinganidan keyin toʻldirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_