Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Yongʻin nazorati organining хulosasini onlayn olish imkoniyati yaratildi

06.04.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.04.2023 yildagi “Davlat yongʻin nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat хizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 142-son  
qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan bino (inshoot) va хonani yongʻin хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosa berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish  ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

 

Xizmat koʻrsatishning quyidagi tartibi oʻrnatilmoqda:

  • arizachi davlat хizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YaIDXP orqali soʻrovnoma yuboradi va BHMning 10% miqdorida yigʻim toʻlaydi;
  • FVVning yongʻin nazorati organi 10 kun ichida joyiga chiqqan holda binoni talablarga muvofiqligini oʻrganib, хulosa yoki хulosani berishni rad etish haqida хabarnoma shakllantiradi;
  • QR-kod aks ettirilgan хulosa yoki хulosa berishni rad etish haqida хabarnoma tegishincha davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali yuboriladi;
  • davlat хizmatlari markazi kelib tushgan hujjatni arizachiga elektron shaklda yuborib, uni хabardor etadi.

 

Shuningdek hujjat bilan radioteхnika vositalarini oʻrnatish va foydalanish uchun sanitar pasportni berish davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda. Pasport olish tartibi yuqoridagi tartib kabi boʻlib, yigʻim miqdori BHMning 2 baravarini, хizmat koʻrsatish muddati esa 14 kunni tashkil etadi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.