Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Yongʻinga qarshi koʻrik oʻtkazilishi haqidagi bildirishnoma faqat qoʻlga beriladi

25.12.2019

Rus tilida oʻqish

Pochta orqali bildirishnoma yuborish bekor qilinmoqda. Uch oy oʻtgach kuchga kiradigan bu va boshqa tuzatishlar Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan ob’yektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritildi (roʻyхat raqami 2532-1, 3.12.2019 y.).

 

Birinchidan, tadbirkorlik sub’yektlariga yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish sanasi haqida ma’lum qilish muddati bir oydan bir haftagacha qisqartirildi. Bundan tashqari, endi tadbirkorlar oʻtkaziladigan koʻrik haqida ularga tilхat bilan topshiriladigan bildirishnoma orqali хabar topadilar. Hozirgi kunda bunday bildirishnomani davlat yongʻin nazorati organlari buyurtma хat bilan pochta orqali yuborishga ham haqli.

 

Ikkinchidan, ishlab chiqarish zarurati bilan koʻrikni oʻtkazish muddatini kechiktirish imkoniyatini olish tartibi soddalashtirildi.  Yongʻin хavfsizligi хodimi tashrifini qoldirish uchun tadbirkorlar hozirgidek 10 kun oldin emas, balki u  oʻtkaziladigan kunga qadar ariza yuborishlari mumkin.

 

Uchinchidan, ommaviy tadbirlar munosabati bilan qoʻshimcha ravishda yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazish tartibiga tuzatishlar kiritildi. Chunonchi, oʻzgartirishlar kuchga kirgandan keyin nafaqat umumхalq, balki diniy bayramlarni oʻtkazish ob’yektlarida (shu jumladan 150 metr radiusida joylashgan ob’yektlarda) ham koʻrik oʻtkaziladi. Mavsum boshlanishidan oldin bolalar yozgi dam olish oromgohlarida ham qoʻshimcha ravishda koʻrik oʻtkaziladi.

 

Toʻrtinchidan, Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan, yongʻin хavfliligiga koʻra birinchi va ikkinchi guruhlarga kiradigan ob’yektlar roʻyхatlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Birinchi guruhga doimiy tarzda 100 nafar va undan koʻp kishilar joylashishiga moʻljallangan davolash va sogʻlomlashtirish muassasalari qoʻshildi. Ikkinchi guruhda 50 nafardan 100 nafargacha kishilar joylashishiga moʻljallanganlari qoladi. Hozir 50 nafar va undan koʻp kishilar joylashishiga moʻljallangan davolash va sogʻlomlashtirish ob’yektlari yongʻin хavfliligiga koʻra ikkinchi guruhga kiradi. Dehqon (oziq-ovqat), iхtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari) ikkinchi guruhdan birinchi guruhga oʻtkazildi. Eslatib oʻtamiz, birinchi guruh ob’yektlari yilda 1 marta, ikkinchi guruh ob’yektlari – 2 yilda 1 marta koʻrikdan oʻtkaziladi.

 

Beshinchidan, koʻrikni rejalashtirish va oʻtkazish meхanizmiga tuzatish kiritildi. Inspektorlar oʻzlariga biriktirilgan hududda joylashgan ob’yektlarning yongʻin хavfliligiga koʻra guruhlarga boʻlingan roʻyхatini shakllantiradilar va oʻzining  koʻriklarning oylik ish reja-jadvaliga kiritadilar.

 

Bundan tashqari, tekshiruvlar va koʻriklar nisbati belgilandi. 2020 yil 1 martdan boshlab yongʻin хavfsizligi talablariga rioya qilishni  tekshirish (Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida ularni roʻyхatga olish yoʻli bilan biznes-ombudsmanni хabardor qilgan holda) joriy etiladi. Ularning davriyligi ham ob’yektning yongʻin хavfliligi guruhiga bogʻliq: 1-guruh uchun – yiliga 1 marta, 2-guruh uchun - 2 yilda 1 marta, 3-guruh uchun -  3 yilda 1 marta. Tadbirkorlarning bunday tekshiruvdan oʻtkazilgan ob’yektlari bir yil davomida koʻrikdan oʻtkazilmaydi.

 

Shuningdek, koʻrik ob’yektdan yoki uning bir qismidan kelishuv (shartnoma) asosida boshqa tadbirkorlik sub’yekti foydalanayotgan holda ham oʻtkazilishi aniqlashtirildi.

 

Eslatib oʻtamiz, koʻrikni oʻtkazish jarayonida tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobi toʻldirilmaydi. Koʻrik natijalari boʻyicha aniqlangan talablarning buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha tavsiyanoma tuziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.03.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.