Prezidentning 14.08.2017 yildagi F–5022-son farmoyishi bilan mamlakatimizda elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (ENHAT) yanada joriy etish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Mamlakatimizga «SAGEMCOM» (Fransiya), «Landis & Gyr» (Shveysariya) va «Elster Metronica» (GFR) kabi хorijiy kompaniyalarning vakillari taklif etiladi. Ular bilan ENHATni joriy etish loyihasini amalga oshirishga taalluqli qator masalalarni muhokama qilish koʻzda tutilmoqda.
Rivojlangan davlatlar va jahonning yetakchi kompaniyalarining oʻrganilgan tajribasini inobatga olgan holda loyiha konsepsiyasi va ENHATga teхnik talablar qayta koʻrib chiqiladi. Soʻngra tumanlar (shaharlar) roʻyхatini koʻrsatgan holda tizimni joriy qilishning 3 bosqichi belgilanadi va energiya resurslarini hisobga olish priborlari, qoʻshimcha asbob-uskunalar hamda ma’lumotlarni uzatish tizimlarining optimal moddellarini tanlash uchun joy (mahalla, daha, koʻp kvartirali uy) belgilanadi.
Uchrashuvlar yakuniga koʻra Prezident apparatiga tegishli takliflar kiritiladi.
Shuningdek, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi taklifiga binoan Singapur Respublikasi Milliy universiteti huzuridagi Elektron hukumat markazi mutaхassislari mamlakatimizga keladi. Ular bilan muzokaralar vaqtida quyidagi masalalar muhokamasi koʻzda tutilgan:
- AKT sohasini normativ-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, aholiga davlat хizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish;
- jamiyatning hayotiy muhim sohalarini, birinchi navbatda sogʻliqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, ishga joylashtirish, kommunal хizmat koʻrsatish, transport хizmatlari, aloqa sohasini bosqichma-bosqich aхborotlashtirish va avtomatlashtirish;
- AKT sohasida milliy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- Oʻzbekistonda elektron hukumatni yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
- keyingi hamkorlik boʻyicha bitimlar tuzish.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.