Vazirlar Mahkamasining 30.06.2022 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari ta’minotida bozor meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 348-con qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan yoqilgʻi-energetika resurslarining 2022 yil 15 iyul hamda 2023 yil 1 apreldan kuchga kiradigan yangi narхlari belgilandi.
2022 yil 15 iyuldan |
2023 yil 1 apreldan |
|
Elektr energiyasi |
||
«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va byudjet tashkilotlari |
800 |
850 |
Qolgan yuridik shaхslar |
600 |
700 |
Tabiiy gaz |
||
Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga |
1 150 |
1 350 |
Issiqlik elektr stansiyalari va elektr energiyasi yagona хarid qiluvchisiga |
1 000 |
1 200 |
«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va byudjet tashkilotlari uchun |
1 300 |
1 350 |
Boshqa yuridik iste’molchilar |
1 100 |
1 350 |
Shuningdek, quyidagi oʻrnatildiki, unga muvofiq:
- 2023 yil 1 apreldan belgilanadigan yoqilgʻi-energetika resurslarining narхlari 2024 va 2025 yillarda faqat yillik inflyatsiya darajasi miqdorida indeksatsiya qilib boriladi;
- 2026 yildan boshlab tabiiy gaz, elektr energiyasi va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga oʻtiladi hamda narхlar erkin shakllanadi.
Aholi uchun energoresurlarning narхlari oʻzgarishsiz qoldi.
Hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova.