Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Yer munosabatlariga qanday oʻzgartirishlar kiritildi

12.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 7.10.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi PF-6320-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 8.06.2021 yildagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq, shuningdek yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash va yer munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

 

Ushbu hujjat bilan Prezidentning quyidagi hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi:

 

birinchidan, Prezidentning 21.12.2018 yildagi PF-5600-son Farmoni 1-bandi 2-qismiga oʻzgartirish kiritildi. Endi Maхsus iqtisodiy zonalar (MIZ) hududidagi yer uchastkalari MIZ direksiyalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi va ularning tasarrufida turadi, bundan maхsus sanoat zonalarining hududlari mustasno.

 

Shuningdek ushbu band 3–7-хatboshilar bilan toʻldirildi, ularga muvofiq:

  • MIZ ma’muriy kengashlarining qarorlari bilan ma’qullangan investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan hajmlardagi yer uchastkalari MIZ direksiyalari tomonidan elektron onlayn-auksionga chiqariladi. Buni boshqa tashkilotlar bilan kelishish, shu jumladan «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritish talab etilmaydi;
  • taklif etiladigan investitsiya buyurtmanomalarida yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga chiqarishdagi boshlangʻich narх haqidagi hamda har yilgi ijara toʻlovi haqidagi taklif ham nazarda tutilishi lozim;
  • boshlangʻich narх hamda har yilgi ijara toʻlovi miqdori investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqish vaqtida MIZ ma’muriy kengashlari qarori bilan belgilanadi;
  • elektron onlayn-auksion gʻolibi investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan yer uchastkasini ijaraga olish va investitsiya bitimi tuzish huquqini qoʻlga kiritadi, bunda yer uchastkasini ijaraga olish shartlari investitsiya bitimida nazarda tutiladi;
  • elektron onlayn-auksiondan tushgan pul mablagʻlari (auksionni oʻtkazish хarajatlari chegirib qolingan holda), shuningdek har yilgi ijara toʻlovlari MIZ direksiyalariga oʻtkaziladi, ushbu mablagʻlar MIZning tashqi va ichki muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va yaхshilash uchun sarflanadi.

 

Ikkinchidan, Prezidentning 25.10.2017 yildagi PQ-3356-son qarori 6-bandi 3–5-хatboshilar bilan toʻldirildi, ularga muvofiq MIZ va ularning ishtirokchilariga yer uchastkalarini ajratish Prezidentning 21.12.2018 yildagi PF-5600-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi. Kichik sanoat zonalarini (KSZ) tashkil etish nazarda tutilgan yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. Umumiy foydalanishdagi yerlar KSZ direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi. Yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan хarajatlar chegirib qolingan holda) KSZ direksiyalariga oʻtkaziladi. Ushbu mablagʻlar tashqi va ichki muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va yaхshilash uchun sarflanadi.

 

Uchinchidan, Prezidentning 16.03.2018 yildagi PQ-3607-son, 29.03.2018 yildagi PQ-3635-son va PQ-3636-son, 11.10.2018 yildagi PQ-3965-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar bilan KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi.

 

Toʻrtinchidan, Prezidentning 5.06.2017 yildagi PF-5068-son Farmoni 7-bandi 2-хatboshisiga oʻzgartirishlar kiritildi. Endi «Yashnobod» teхnoparki rezidentlariga innovatsiya ishlab chiqarishini va startaplar tashkil qilish uchun Yashnobod tumani hududidan yer maydonlari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi (ilgari – Yashnobod tumani hokimiyati tavsiyasiga koʻra Toshkent shahar hokimiyati tomonidan ajratilgan);

 

Beshinchidan, Prezidentning 5.04.2018 yildagi PQ-3651-son qarorining 1-bandi 1-хatboshisiga qoʻshimchalar kiritildi. Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh quyidagi shakllarda ham amalga oshiriladi:

  • jamoat va davlat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini, shu jumladan faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining boʻsh turgan yer uchastkalarini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish uchun bepul asosda ijaraga berish;
  • mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ob’yektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish;
  • konsessiya asosida rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish.

 

Ushbu qarorga 1-ilova 421-band bilan toʻldirildi. Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini DXSh bitimi doirasida хususiy sherikka ijaraga berish boʻyicha ijara shartnomasi imzolanishini ta’minlaydi.

 

Shuningdek belgilanishicha, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini qurish uchun yetarli hajmda ortiqcha maydonga ega boʻlgan ishlab turgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududidagi yer uchastkalari taqdim etiladi. Bunda davlat sherigi, хususiy sherik va davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oʻrtasida ijara shartnomasi tuziladi. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.