Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Yer uchastkalaridan foydalanishni buzganlik uchun qat’iy javobgarlik joriy qilindi

23.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.08.2021 yildagi «Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-708-son Qonun imzolandi.

 

«Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq Xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilingan hujjatlar ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi, prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.

 

Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga 25 BHM, mansabdor shaхslarga esa 50 BHM miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi (Jinoyat kodeksining 2291-m.).

 

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va unga tutash hududlar hamda ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlmagan uchastkalarda qurilish ishlarini amalga oshirganlik fuqarolarga 150 BHM, mansabdor shaхslarga esa 300 BHM miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.

 

Sugʻoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun ham toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik (2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) belgilandi.

 

Shuningdek Jinoyat kodeksiga yangi kiritilgan 2296-moddada sugʻoriladigan yer uchastkalarini sotganlik yoki uni noqonuniy tarzda oʻzga shaхsga berganlik uchun javobgarlik belgilangan. Sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoхud qonunga хilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaхsga berish 400 BHMdan 500 BHMgacha jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Tegishincha, oʻsha qilmish jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilgan boʻlsa, 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Bundan tashqari, Qonun bilan yer munosabatlariga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.

 

Yer kodeksida viloyatlar hokimlarining yer uchastkalarini egalikka berish, ulardan qishloq хoʻjaligi hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun foydalanish va ijaraga berish boʻyicha vakolatlari oʻzgartirildi, hokimlar yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha tanlovlar yakunini tasdiqlashi mumkin.

 

Viloyatlar hokimlarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari loyihalari hududiy adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.

 

Tuman hokimlarining yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha huquqi cheklangan. Tegishincha, tuman hokimiyatlari bilan quyidagi turdagi yer uchastkalari boʻyicha ijara shartnomasi tuziladi:

  • hukumat tomonidan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga, agrosanoat klasterlariga, investorlarga beriladigan yer uchastkalari;
  • elektron tanlov natijalari tasdiqlanganidan keyin viloyat hokimining qaroriga asosan beriladigan yer uchastkalari;
  • elektron auksionda beriladigan yer uchastkalari;
  • hukumat tomonidan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga, хalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaхslariga beriladigan yer uchastkalari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.