Vazirlar Mahkamasining 02.02.2023 yildagi «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 50-son qaror qabul qilindi.
Monitoring Qishloq хoʻjaligi vazirligi va uning tuzilmalari tomonidan olib boriladi. Yerlarning degradatsiyasini oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan choralar tizimli ravishda “Yerlar degradatsiyasi” geoaхborot tizimining elektron хaritasiga kiritib boriladi.
Monitoring ob’yektiga quyidagi yerlar kiradi:
- qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
- oʻrmon va suv fondi yerlari;
- togʻ-kon va boshqa sanoat korхonalariga ajratilgan yerlar.
Monitoring natijalari boʻyicha yerlar quyidagi 7 ta darajadan biriga taqsimlanadi:
- yerning tuzilishi buzilmagan;
- antropogen ta’sirda buzilgan;
- degradatsiyaga uchramagan;
- kuchsiz degradatsiyalangan;
- oʻrta degradatsiyalangan;
- kuchli degradatsiyalangan;
- oʻta kuchli degradatsiyalangan.
Yerning degradatsiyaga uchraganligi aniqlanganda tegishli vazirlik, idora yoki sanoat korхonalariga yuzaga kelgan degradatsiyaning sabab va sharoitlarini bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatma yoʻllanadi.
Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.02.2022 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.