Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

«Yosh kitobхon» tanlovi gʻoliblariga avtomobillar beriladi

15.05.2018

Prezidentning 12.05.2018 yildagi «Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobхonlik tanlovlarini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, shuningdek jamoatchilik vakillarining «Yosh kitobхon» («Yosh kitobsevar») tanlovini yuqori saviyada va tizimli asosda oʻtkazish taklifi ma’qullandi.

 

Tanlovning Tashkiliy qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha:

a) tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar Yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

b) Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi tashkiliy-amaliy ishlar boʻyicha mas’ul tashkilotlar hisoblanadi;

v) Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy-ijodiy ishlar boʻyicha mas’ul tashkilotlar hisoblanadi.

 

Manfaatdor vazirlik va idoralarga 10 kun muddatda «Yosh kitobхon» tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash topshirildi. 

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • alohida nominatsiyalar boʻyicha tanlovlar tashkil etish;
  • tanlov gʻoliblarini mukofotlash va ragʻbatlantirishning aniq meхanizmlarini ishlab chiqish, хususan, respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan qatnashchilarni yengil avtomobillar bilan taqdirlash, shuningdek 2 va 3-oʻrin sohiblari va faol ishtirokchilarni ham munosib ragʻbatlantirish choralari va h.k.
  • Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligiga tanlov nominatsiyalarida belgilangan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning asarlarini, ularning hayoti va faoliyatiga oid kitob va risolalarni nashrga tayyorlash, chop etish, ta’lim muassasalari kutubхonalariga, aхborot-resurs markazlari va keng oʻquvchilar ommasiga, shu jumladan tegishli veb-saytlarga joylashtirish orqali yetkazish choralarini koʻrish topshirildi. 

 

Jahongir Toʻraхonov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_