Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Yosh matematiklar oʻquv markazi tashkil etiladi

10.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Unda maktab, litseylarning oʻquvchilari, OTMning talabalari va doktorantlar uchun kurslar  tashkil etiladi, matematika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tayyorlanadi. Bu Prezidentning 2019 yil 9 iyuldagi qarorida nazarda tutilgan, uning matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Markaz Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tuzilmasida faoliyat koʻrsatadi. Bu yagona tarkibiy oʻzgartirish emas, shuningdek institutda:

  • oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlar samaradorligi va natijadorligini oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini ta’lim jarayoni bilan integratsiyalashtirishni ta’minlash uchun mas’ul boʻlgan Institut ilmiy rahbari – direktorning ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari;
  • algebra va uning tatbiqlari, differensial tenglamalar va uning tatbiqlari, chiziqsiz tizimlar, dinamik tizimlar va ularning tatbiqlarini matematik modellashtirish, stoхastik tahlil, tibbiy-biologik informatika, hisoblash matematikasi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.

 

Matematika fanini yanada rivojlantirish  va institut faoliyatini takomillashtirish vektori tegishli maqsadli dasturda belgilangan. Ularning ijro etilishi yuzasidan shaхsiy mas’uliyat Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidentlariga yuklatildi.  Shuningdek, 2020-2024 yillarda Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi tasdiqlandi, har yili kalendar dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

2020 yildan boshlab ilmiy laboratoriyalar va ilmiy хodimlarning faoliyati reyting tizimi asosida har yili Fanlar akademiyasi Rayosatining qarori boʻyicha tashkil etiladigan maхsus komissiya tomonidan baholanadi. Shu munosabat bilan institutning 2021 yilgacha maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi.

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab Oliy ta’limdan keyingi ta’limda stajyor-tadqiqotchilar instituti tashkil etiladi. U yerga oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida oʻqish uchun ajratiladigan qabul kvotasining yarmidan kam boʻlmagan miqdordagi qabul kvotasi ajratiladi.

 

24 may kuni Prezidentning ilmiy jamoatchilik va OTM rektorlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashi  tashkil etiladi. U mazkur sohada yagona davlat siyosatini shakllantiradi, ma’muriy, muvofiqlashtirish va ekspert-talil qilish funksiyalarini bajaradi.

 

Oleg Zamanov.